date

Tojikistonda qarindoshlarning o‘rtasidagi nikoh taqiqlandi

Tojikistonda qarindoshlarning o‘rtasidagi nikoh taqiqlandi

Bugun, 1 iyul kuni Tojikiston Respublikasida qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohni qat’iy man qilishga doir qonun kuchga kirdi. Bu haqda "RIA Novosti"ga asoslanib "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlovchi qonun bilan birga har bir turmush qurayotgan juftlikning shartli ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi to‘g‘risidagi qonun ham kuchga kirdi.

“Tojikistonning fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bundan keyin bir qorin nari tog‘avachchalar, amakivachchalar, xolavachchalar, ammavachchalar hamda ularning farzandlari o‘rtasida nikoh qurishga ruxsat etilmaydi. Shu bilan birga, nikohdan o‘tishdan avval turmush qurayotgan juftliklar majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shartligi belgilandi. FHDYo organlari tibbiy ma’lumotlar taqdim etilmagan holatlarda, nikohni qayd etish huquqiga ega bo‘lmaydilar. Bundan tashqari, qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, chet eldan vataniga qaytayotgan tojikistonlik migrantlarga ham tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan sal oldin Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vaziri Nusratullo Salimzoda 2015 yilda mamlakatda 30 ming nafar nogiron bolalar ro‘yxatga olingani, ularning aksariyati yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohda dunyoga kelgani haqida bayonot qilgan edi.

Mutaxassislarning fikricha, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning taqiqlanishi mamlakatda nogiron bolalarning dunyoga kelishini va nizo kelib chiqqan taqdirda, qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketishining oldini oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda qarindoshlarning o‘rtasidagi nikoh taqiqlandi