23:40 / 26.07.2023
151

Afg‘onistonda go‘zallik salonlarining barchasi yopildi

Afg‘onistonda go‘zallik salonlarining barchasi yopildi

Foto: Euronews 

“Tolibon” hukumati Afg‘onistondagi go‘zallik salonlarining barchasi yopilganini e’lon qildi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Avvalroq salonlar egalariga ularni yopish uchun bir oy muddat berilgandi.

“Tolibon”ning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarga qarshi kurashish vazirligi go‘zallik salonlarining yopilishi sababini izohlab, ular uchun behuda pul sarflanayotgani, shuningdek, soch ko‘chirib o‘tkazish va qosh terish kabilar shariatga zid ekanini ta’kidlagan.

Mutaxassislarning fikricha, salonlarning yopilishi mamlakatda 60 ming ish o‘rni yo‘qolishiga olib keladi va Afg‘oniston iqtisodiyotiga qattiq zarba beradi.

Kosmetika sektori afg‘on ayollarining ishlashiga ruxsat berilgan oxirgi sohalardan biri edi.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan taqiqlar

  • Afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi;
  • erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish;
  • ayollarning erkak shifokorlarga borishi;
  • ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi va istirohat bog‘iga tashrif buyurishi;
  • Afg‘onistonda oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi;
  • ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda go‘zallik salonlarining barchasi yopildi
ePN