08:06 / 27.07.2023
330

Jahonda guruch narxi keskin ko‘tarilmoqda

Jahonda guruch narxi keskin ko‘tarilmoqda

Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Tailand oq guruchining birja narxlari so‘nggi uch yil ichida maksimal darajaga ko‘tarilib, bir tonna uchun 572 dollarni tashkil etdi. Bu haqda Tailand guruch eksportchilari assotsiatsiyasi tahlilchilari ma’lumotlariga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda.

Shunday qilib, so‘nggi ikki hafta ichida o‘sish taxminan 7 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, bozor mutaxassislarining fikricha, bu holat Hindiston hukumati tomonidan basmati navidan tashqari barcha turdagi guruchlarni mamlakatdan eksport qilishni taqiqlashi fonida sodir bo‘lgan.

Nashrning qayd etishicha, Osiyo davlatlari Hindistondan guruchning asosiy xaridori hisoblanadi. Taqiqlash fonida mahalliy navlar ham qimmatlasha boshladi. Bundan tashqari, Tailanddagi vaziyat kuchli qurg‘oqchilik tufayli og‘irlashmoqda, hosilning bir qismi nobud bo‘lmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, istiqbolda guruch narxi ko‘tarilishda davom etadi, chunki Osiyo va Afrika mamlakatlari eksportga muhtoj. O‘z navbatida, bu mintaqada inflyatsiyani keltirib chiqarishi va oziq-ovqat inqirozini yanada kuchaytirishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahonda guruch narxi keskin ko‘tarilmoqda
ePN