date

Bangladeshdagi terrorchilik harakati tashkilotchisi yirik siyosatchining o‘g‘li ekanligi aniqlandi

Bangladeshdagi terrorchilik harakati tashkilotchisi yirik siyosatchining o‘g‘li ekanligi aniqlandi

Avval xabar qilganimiz - Bangladeshdagi
terakt tashkilotchisi mamlakatdagi yirik siyosatchining o‘g‘li ekanligi aniqlangan.

Restoranga hujum uyushtirgan terrorchilardan biri Bangladeshdagi yirik siyosiy partiyalardan biri "Avami Lig" bosh kotibi o‘rinbosarining o‘g‘li ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda partiya vakillaridan biri Mukul Chaudxuri xabar bergan.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan suratlar orqali terrorchilar shaxsi aniqlangan edi. Ular orasida taniqli siyosatchi Imtiyoz Babulning o‘g‘li 20 yoshli nufuzli oliygoh talabasi Roxan Imtiyoz ham bo‘lgan, deya ma’lum qiladi Chaudxuri.

Boshqa shaxsi aniqlangan ikki jangari ham o‘ziga to‘q oila farzandlari ekanligi, ular ham nufuzli o‘quv yurtlarida o‘qiganliklari ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Ria Novosti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshdagi terrorchilik harakati tashkilotchisi yirik siyosatchining o‘g‘li ekanligi aniqlandi