Rossiyaning titan korpusli MiG-31 og‘ir qiruvchi-tutuvchi samolyotlari qurol-yarog‘ va radio-elektron uskunalari yangilanganidan so‘ng samaradorligini deyarli uch baravar oshdi.
Yangilangan MiG-31BMning xususiyatlari:
- MiG-31BM 320 km gacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni aniqlash imkoniga ega bo‘ldi;
- Samolyotga yangi turdagi “havo-havo” va "Kinjal" raketalari o‘rnatish mumkin bo‘ladi;
- MiG-31BM tutib oluvchi-qiruvchi samolyoti 21 km balandlikda 3000 km/soat tezlikda ucha oladi;
- Yer yuzasi fonida 100 metrdan 30 kilometrgacha balandlikdagi havo nishonlarini 280 km masofadan turib yo‘q qilishga qodir;
- U bir vaqtning o‘zida 10 tagacha nishonni aniqlash – oltita nishonga zarba berishga qodir;
- To‘rtta MiG-31BM qiruvchi samolyotlari frontning 900 kmgacha ishonchli himoya qilishi mumkin;
- Kabinada taktik, navigatsiya, radar va boshqa imkoniyatlarga ega yuqori ma’lumotli suyuq kristalli displeylar paydo bo‘ldi; Yangi qurol va jihozlar MiG-31BMni ko‘p funksiyali jangovar platformaga aylantiradi;
- “O‘ttiz birinchi”ning asosiy maqsadi — havo nishonlarini tutib olish va yo‘q qilishdir, bunda unga teng keladigani yo‘q. MiG-31BM qanotli raketalarni tutib olish va yo‘q qilish samaradorligi 90% bo‘lgan dunyodagi yagona seriyali qiruvchi hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar