date
views 1 303

Alina Kabayeva “tanib bo‘lmas” qiyofada ommaga ko‘rinish berdi

Foto: Videodan kadr

Badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiya chempioni, hozirda Rossiyaning “Natsionalnaya media gruppa” xoldingi va “Sport-Express” direktorlar kengashi rahbari Alina Kabayeva ommaga ko‘rinish berdi.

U Minskda bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari II o‘yinlarida badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etgan. Kabayeva mashhur shaxs bo‘lib, uning har bir chiqishi ommaning diqqatida bo‘ladi.

Tarmoq foydalanuvchilari orasida gimnastikachining tashqi ko‘rinishi muhokamaga sabab bo‘lgan. Jumladan, gimnastikachining yonoqlari “shishgani”, peshonasi esa “bo‘rtib” qolganini ko‘rish mumkin. Muvaffaqiyatsiz plastik jarrohlik amaliyotlari Kabayevani shunday ko‘rinishga keltirgani aytilmoqda.

Aprel oyida Alina Kabayeva Sochida ko‘rinish bergandi. U Rossiyaning ELLYME brendiga tegishli salkam 29 ming rubllik (355 dollar) qora libosda bo‘lgan. Aksessuar sifatida Kabayeva marjonli tilla sirg‘a tanlagan.

Avvalroq jurnalistlar Kabayeva dabdabali hayoti uchun qayerdan pul olayotgani haqida surishtiruv e’lon qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alina Kabayeva “tanib bo‘lmas” qiyofada ommaga ko‘rinish berdi