Amerikalik ayol pushti rangli narsalar uchun 1,5 million dollar sarfladi

Amerikaning Kaliforniya shtatida yashovchi ayol o‘zini pushti rang narsalar bilan qurshab olish uchun 1,5 million dollar sarfladi, deb yozadi «Darakchi» nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kitten Key Sera so‘nggi 35 yil davomida faqat pushti libos va taqinchoqlar taqadi. Shuningdek 52 yoshli ayol o‘z uyini ham sevimli rangiga bo‘yagan. Uning itining rangi ham pushti.
«Men pushti rangni sevaman va unga umrimni bahshida etdim», — deydi Sera.
Gollivudda yashaydigan ayolning so‘zlariga ko‘ra, u Peris Xilton, Rubi Rouz, Ellen fon Unvert va Beyonse kabi yulduzlar bilan fotosessiyalarda qatnashgan. Ta’kidlanishicha, Sera o‘zining albomini yozmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing