date
views 822

Ukraina urushda taxminan qancha harbiy xizmatchilarini yo‘qotgani ma’lum qilindi

Ukraina urushda taxminan qancha harbiy xizmatchilarini yo‘qotgani ma’lum qilindi

Foto: Google Images 

2022 yil 24 fevraldan beri Ukraina tomonining urushda halok bo‘lgan va yarador bo‘lgan  harbiy xizmatchilari soni 150 mingdan ortiqni tashkil qildi. Bu haqda Amerikaning The New York Times gazetasi yozdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan mamlakatning barcha viloyatlari harbiy komissarlarining ishdan bo‘shatilishi asosiy mavzu bo‘lgan maqolada urushda har ikki tomonning yo‘qotishlariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Kiyev qurbonlar sonini tez-tez e’lon qilmasa-da, G‘arb rasmiylari va tahlilchilari urush boshlanganidan beri o‘n minglab tinch aholidan tashqari, 150 mingdan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lgan yoki yaralanganini taxmin qilmoqda.

Rossiyaning yo‘qotishlari ko‘proq, ammo mamlakat aholisi taxminan 145 million kishini tashkil etadi, bu Ukraina aholisidan uch baravar ko‘pdir”, — deyiladi maqolada.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina urushda taxminan qancha harbiy xizmatchilarini yo‘qotgani ma’lum qilindi