date
views 590

Rossiyada o‘zbekistonlik sotuvchi tarvuz “qimmatligi” uchun pichoqlab ketildi

Rossiyada o‘zbekistonlik sotuvchi tarvuz “qimmatligi” uchun pichoqlab ketildi

Foto: Shutterstock

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik sotuvchi tarvuz “qimmatligi” tufayli pichoqlab ketildi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar berdi.

Voqea 13 avgust kuni soat 20:00 atrofida Xudojnikov shoh ko‘chasidagi do‘konda sodir bo‘lgan. Meva-sabzavot sotuvchi 46 yoshli o‘zbekistonlikning oldiga noma’lum erkak kelib, tarvuzning narxini tushirishni so‘ragan. Rad javobini olgan xaridor pichoqni olib, sotuvchiga urgan.

Jabrlanuvchi qorin bo‘shlig‘ida pichoq sanchilgan jarohat bilan 3-shahar shifoxonasiga yetkazilgan. U hujumchini 40 yoshlar atrofidagi, oq sochli erkak deb, tasvirlab berdi. Ayni paytda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik sotuvchi tarvuz “qimmatligi” uchun pichoqlab ketildi