date
views 1 086

Amerikalik general agar yadro urushi ro‘y bersa, Rossiya bundan naf ko‘rmasligini aytib o‘tdi

Amerikalik general agar yadro urushi ro‘y bersa, Rossiya bundan naf ko‘rmasligini aytib o‘tdi

Foto: AFP

Amerika Qo‘shma Shtatlarining iste’fodagi general-leytenanti Ben Xodjes yadro urushi xavfini jiddiy qabul qilish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda u “Liga.net” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Biz yadro urushi tahdidini jiddiy qabul qilishimiz kerak. Rossiyada minglab yadro kallaklari bor va ularga qancha begunoh odamlar halok bo‘lishining farqi yo‘q. Lekin, menimcha, yadro urushi boshlanishi juda dargumon”, — dedi u.

Xodjesning qo‘shimcha qilishicha, yadroviy falokat yuz bergan taqdirda, Rossiya bundan naf ko‘rmaydi.

Agar ular yadroviy qurol ishlatsa, ijobiy natija nolga teng bo‘ladi”, — dedi general.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya faqat yadro quroli bilan tahdid qilishdan naf ko‘radi. Biroq bu Moskva uchun juda xavfli, chunki u BMT a’zosi bo‘la turib, yadro quroli bilan qo‘rqitmoqda. Bu esa mas’uliyatsizlik, deydi Xodjes.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik general agar yadro urushi ro‘y bersa, Rossiya bundan naf ko‘rmasligini aytib o‘tdi