date
views 835

Ukraina razvedkasi rahbari Qrimdagi rus harbiylari “taqdiri” haqida gapirdi

Ukraina razvedkasi rahbari Qrimdagi rus harbiylari “taqdiri” haqida gapirdi

Foto: gur.gov.ua

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov “yaqin orada” ukrainlar Qrimda rus harbiylari qanday yo‘q qilinayotganini “ko‘rishini” aytdi. Bu haqda ITV xabar berdi.

Budanovning so‘zlariga ko‘ra, “afsuski, Qrim deokkupatsiyasidan juda qo‘rqayotganlar bor, lekin kutayotganlar ham ko‘p”.

“Ularning umidlari behuda emasligiga ishonch bildirishimiz kerak. Shuning uchun Qrim platformasi, vaqtincha bosib olingan hududlarda qarshilik harakati kabi tadbirlarni o‘tkazishimiz kerak. Shunchaki Qrimdagi bosqinchilarni yo‘q qilish. Umuman olganda, yaqin orada buni ko‘rasiz”, — dedi u.

Qrimning ozod etilishi

Qrimning deokkupatsiyasi yaqinlashishi haqidagi muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda. Iyul oyi oxirida Kirill Budanov yaqin orada Ukraina Qurolli kuchlari yarim orol hududida bo‘lishini prognoz qilgandi. Mutaxassislar ham bu vaqt yaqinlashayotganiga ishonch hosil qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina razvedkasi rahbari Qrimdagi rus harbiylari “taqdiri” haqida gapirdi
-->