date
views 186

Tramp hibsga olindi va garov evaziga qo‘yib yuborildi

Tramp hibsga olindi va garov evaziga qo‘yib yuborildi

Fulton County Sheriff's Office / Reuters / Scanpix / LETA

Jorjiya shtatida saylovlarga aralashganlikda ayblanayotgan AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Atlanta qamoqxonasi politsiyasiga taslim bo‘ldi. Uning qamoqxonada olingan fotosurati birinchi marta e’lon qilindi.

Avvalroq, Tramp advokatlari 200 ming dollar garov puli evaziga uni ozodlikda qoldirishga kelishib olgandi. Shu sababli, 20 daqiqa o‘tgach, Tramp qo‘yib yuborildi.

Ozodlikda qolishning yana bir sharti: guvohlar va sudlanuvchilar bilan muloqot qilmaslik. Bundan tashqari, Tramp sudda shaxsan ishtirok etishi kerak, bu haqda oldinroq ogohlantirilgan edi.

Avvalroq Jorjiya okrugi prokurori Feni Uillis Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp ishi bo‘yicha sud jarayonini kelasi yilning 4 mart kuniga belgilashni taklif qilgan edi. Tramp va uning ishi bo‘yicha boshqa gumonlanuvchilar sentyabr oyi boshida rasman ayblov qo‘yilishi uchun sudga kelishi kutilmoqda, dedi u.

Tramp o‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp hibsga olindi va garov evaziga qo‘yib yuborildi
-->