Rossiya Ukrainaning Poltava viloyatiga raketalardan zarba berdi

Rossiya Ukrainaning Poltava viloyatiga raketalardan zarba berdi
Rossiya Ukrainaning Poltava viloyatiga raketalardan zarba berdi
Foto: Telegram

28 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Poltava viloyatidagi sanoat obyektiga hujum qildi, dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Dmitriy Lunin. Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning aniqlik kiritishicha, zarba Mirgorod tumani, Gogolevo qishlog‘iga berilgan, yog‘ zavodi yonib ketgan.

Hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, besh kishi jarohatlangan. Ular tungi smena ishchilari edi.

Rossiya Ukrainaning Poltava viloyatiga raketalardan zarba berdi
Foto: Telegram

Shuningdek, raketa zarbasi do‘konlardan birini vayron qilgan.

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni qidirmoqda, dedi Lunin boshqa tafsilotlarni keltirmasdan.

O‘z navbatida, Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi 28 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga dengiz va havodan raketalar bilan hujum uyushtirganini ma’lum qildi. Samolyotdan uchirilgan ikkita “Kalibr” qanotli raketalari va ikkita X-59 urib tushirildi, deyiladi Ukraina harbiylarining bayonotida.

Ular Rossiya qo‘shinlari nechta raketa uchirganiga aniqlik kiritmadi, faqat raketalardan biri Poltava viloyatidagi fuqarolik ishlab chiqarish korxonasiga urilganini ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar