
Rossiyalik muxolifatchi Dmitriy Gudkov “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning taqdiri Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning boshiga ham tushishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Gudkovning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” rahbari o‘limidan so‘ng, Rossiya xavfsizlik kuchlari mamlakatda yo‘q qilinadigan navbatdagi nufuzli shaxslarni qidiradi. Bunday harakatlarga sabab, agar Rossiyada “qiyinchilik davri” boshlansa, xavfsizlik kuchlari yo‘q bo‘lib ketishidan qo‘rqishdir.
Putin Rossiya hukumatida mavjud bo‘lgan turli ziddiyatli guruhlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatuvchi vazifani bajargan. Shuning uchun, tashqaridan bu kuch monolit va birgalikda harakat qiladiganday ko‘rinadi. Biroq, Prigojin bilan bo‘lgan voqealar buning aksini — “Rossiya prezidenti o‘z rolini bajarmaganini” ko‘rsatdi.
Siyosatchi Qodirovning qo‘shinlari va ta’siri borligi, shu uchun Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnash kelishi mumkinligini eslatdi:
U Checheniston rahbari bilan keskinlashuvdan tashqari, ruslar Rossiya xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ham ko‘rishi mumkinligini bildirdi.