date
views 260

Zelenskiy urush davom etar ekan, prezidentlikdan ketmasligini aytdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush paytida 2024-yilda saylovlar o‘tkazilsa, prezidentlikka yana o‘z nomzodini qo‘yishini aytdi. Bu haqda RTP xabar berdi.

“2024 yilda urush davom etsa, saylovlar o‘tkazilsa, hech qachon o‘z davlatimni tashlab qo‘ymayman. Chunki men Konstitutsiyaning kafolatiman va har qanday holatda ham uni himoya qilaman”, — dedi Ukraina prezidenti.

2019 yilgi saylovlar oldidan Zelenskiy bor-yo‘g‘i bitta prezidentlik muddati uchun nomzodini qo‘yishini va ikkinchi marta qatnashmasligini va’da qilgandi.

Ukrainada navbatdagi parlament saylovlari 2023-yilning kuzida, prezidentlik saylovlari esa 2024 yilning martida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Ukraina Konstitutsiyasi mamlakatda harbiy holat joriy qilingan taqdirda saylov o‘tkazishni taqiqlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy urush davom etar ekan, prezidentlikdan ketmasligini aytdi