date
views 648

Ukraina mudofaa vaziri iste’foga chiqdi. Yangi vazir Samarqandda tug‘ilgan...

Ukraina mudofaa vaziri iste’foga chiqdi. Yangi vazir Samarqandda tug‘ilgan...

Foto: Anadolu Agency
Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy e’lon qildi. Yangi mudofaa vaziri Davlat mulklari fondi rahbari Rustem Umerov bo‘ladi.

«Oleksiy Reznikov urushning 550 kunidan o‘tdi. Mudofaa vazirligiga yangicha yondashuv, yangicha qarash kerak deb o‘ylayman. Ham harbiylar, ham odamlar bilan muloqotda.

Hozir vazirlikni Rustem Umerov boshqarishi kerak deb o‘ylayman. Oliy radada uni yaxshi bilishadi. Shunday ekan Umerov ortiqcha tanishtirishga muhtoj emas. Parlamentdan qo‘llab-quvvatlov kutib qolaman. Axir kuz – kuchayish mavsumi», dedi Zelenskiy.

Ma’lumot uchun, Rustem Umerov qrimtatar musulmonlaridan bo‘lib 1982 yil ochiq manbalarga ko‘ra Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Umerov urush boshidagi Rossiya bilan tinchlik muzokaralarida ham qatnashgan edi. Siyosatchi hozirgacha harbiy mansabda ishlamagan, siyosatga kirib kelishidan avval tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Shuningdek, Ukrainadagi qrimtatarlar harakati rahbarining maslahatchisi bo‘lgan.

Oleksiy Reznikovning keyingi lavozimi Ukrainaning Britaniyadagi elchiligi bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina mudofaa vaziri iste’foga chiqdi. Yangi vazir Samarqandda tug‘ilgan...