Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosir haykali ochildi

Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosir haykali ochildi
Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosir haykali ochildi
Foto: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi

Rossiyaning Kemerovo viloyatini Mariinsk shahrida Usmon Nosir haykali ochildi. Bu haqda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, haykalning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirni Kemerovo viloyati gubernatori Sergey Sivilyov ochib bergan. Marosimda O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Novosibirskdagi shahri vakili Nikolay Afanasyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va boshqa ijodkorlar so‘zga chiqqan.

Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosir haykali ochildi
Foto: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi
“Haykal muallifi Konstantin Zenich shoir Usmon Nosirning o‘ziga xos siymosini yarata olgan”, — deyiladi xabarda.
Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosir haykali ochildi
Foto: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi, O‘zbekiston elchixonasining Novosibrskdagi bosh konsulxonasi hamda mahalliy aholi vakillari Mariinskdagi o‘rmonzor qaridagi qatag‘on qurbonlari mozorida dafn etilgan Usmon Nosirning qabrini ziyorat qilgan. Qurʼon tilovat qilinib, o‘tganlar xotirasi yod etilgan. Shoirning qabriga gullar qo‘yilgan.

Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosir haykali ochildi
Foto: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi

2022 yil noyabrda Namangan shahrida shoir Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi keng nishonlanib, uning nomi bilan atalgan xiyobon ochilgandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar