Tinch okeanida akulalar ruslar bo‘lgan katamaranni cho‘ktirdi (foto)

Tinch okeanida akulalar ruslar bo‘lgan katamaranni cho‘ktirdi (foto)
Tinch okeanida akulalar ruslar bo‘lgan katamaranni cho‘ktirdi (foto)
Foto: Telegram

Tinch okeanida akulalar bortida ruslar bo‘lgan katamaranni cho‘ktirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Russian Ocean Way — TION katamarani dunyo bo‘ylab ekspeditsiyani amalga oshirgan. Bortda uch kishi bo‘lgan, ular jabrlanmagan. Akulaning birinchi hujumi 4-sentabr kuni qayd etilgan, o‘shanda katamaranning orqa chap balloni shikastlangan, shundan so‘ng u butunlay suvga g‘arq bo‘lgan.

Ekspeditsiyaning qirg‘oq shtab-kvartirasi rahbari Yuliya Kalyujnaya akulalar katamaran ballonini “qandaydir sutemizuvchilar turiga o‘xshatib, hujum qilgan” bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Tinch okeanida akulalar ruslar bo‘lgan katamaranni cho‘ktirdi (foto)
Foto: Telegram

5-sentabr kuni katamaran qariyb yuz mil yo‘l bosishga muvaffaq bo‘ldi, biroq shu kuni tunda yana akula hujumiga uchrab, o‘ng balloniga zarar yetdi. 

Oqibatda katamaran cho‘kishni boshladi, ekipaj esa SOS signalini yubordi. 45 daqiqadan so‘ng ekspeditsiya a’zolari quruq yuk tashuvchi Dugong Ace kemasi tomonidan olib ketildi.

Tinch okeanida akulalar ruslar bo‘lgan katamaranni cho‘ktirdi (foto)
Foto: Telegram

Endilikda jamoa Avstraliyaning Brisben shahriga yo‘l oladi. Tez orada Kalyujnaya ham ekspeditsiyani davom ettirish uchun yangi kema topish maqsadida Avstraliyaga parvoz qiladi.

Tinch okeanida akulalar ruslar bo‘lgan katamaranni cho‘ktirdi (foto)
Foto: Telegram
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar