date
views 210

Turkiyada kriptovalyuta birjasi asoschisi 11 ming yilga qamaldi

Turkiyada kriptovalyuta birjasi asoschisi 11 ming yilga qamaldi
Foto: Coindesk Türkiye

Bankrot bo‘lgan Thodex kriptovalyuta birjasi direktori Faruq Fotih O‘zer 11 196 yil qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi Coindesk.

O‘zer firibgar tashkilot tashkil etish va boshqarishda ayblangan. 2023 yil 20 aprelida u Albaniyadan Turkiyaga ekstraditsiya qilingan va hibsga olingandi. U bilan birga bu ishda Thodex birjasining 21 nafar xodimi ham ishtirok etmoqda, ulardan 7 nafari hibsga olingan.

Prokuratura O‘zerni 40 564 yilga qamashni talab qilgan edi. Ish Anadolu oliy jinoyat sudida ko‘rib chiqildi. Faruqning singlisi Serap va katta akasi Gyuven ham xuddi shunday jazoni oldi. Bundan tashqari, Faruq O‘zer 135 million lira (61 mlrd so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

2021 yil mart oyida Thodex veb-sayti ochilmay qoldi, Faruq O‘zer esa g‘oyib bo‘ldi. Kriptovalyuta birjasining 400 mingdan ortiq mijozlari 2 milliard dollarga yaqin mablag‘dan ajraldi.

Thodex asoschisi o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi va kriptovalyuta birjasi jinoiy tashkilot emasligini, balki shunchaki bankrot bo‘lganini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada kriptovalyuta birjasi asoschisi 11 ming yilga qamaldi