date
views 177

Marokashda zilzila qurbonlari 600 kishidan oshdi (foto, video)

Foto: Reuters

Oxirgi maʼlumotlarga ko‘ra, Marokash markazida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari kamida 632 kishiga yetdi, 329 kishi jarohatlangan, deb yozmoqda Al-Arabiya. Avvalroq 296 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Yordam yetkazish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda ko‘p odamlar halok bo‘ldi, dedi mahalliy amaldor.

9 sentabrga o‘tar kechasi Marrakesh shahridan 80 kilometr uzoqlikdagi tog‘li hududda 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Marokash Milliy geofizika instituti. AQSH Geologiya xizmati esa zilzila magnitudasi 6,8 ga baholangani va yer silkinishlari nisbatan sayoz — 18,5 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, zilzila Al-Hauz, Uarzazat, Marrakesh, Azilal, Shixaua va Tarudant provinsiyalarida sezilgan.

Zilzila epimarkaziga eng yaqin joylashgan yirik shahar Marrakeshda turar joy binolari va boshqa inshootlar qulab tushdi. Aholining xabar berishicha, UNESCO’ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan eski shaharda ham uylar qulagan. Mahalliy televideniye masjid vayron bo‘lganini va mashinalar majaqlanib ketganini ko‘rsatdi. Qutqaruv xizmatlari vayronalarni tozalashda davom etmoqda.

Foto: Reuters
Foto: Reuters

Zilziladan jabr ko‘rgan hududlarda mobil aloqa va elektr ta’minotida muammolar yuzaga kelgan.

Foto: Reuters

Hindiston va Yevropa Ittifoqi rasmiylari Marokashga yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.

Marokashda zilzila qurbonlari 600 kishidan oshdi (foto, video)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Marokashda zilzila qurbonlari 600 kishidan oshdi (foto, video)