date
views 334

Kim Chen In Moskvaga bormoqda. Kreml tasdiqladi

Kim Chen In Moskvaga bormoqda. Kreml tasdiqladi

Foto: AP

«Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan KXDR davlat ishlari raisi Kim Chen In yaqin kunlarda Rossiyaga keladi», deb yozildi Kreml rasmiy Telegram-kanalida.

Bu xabar e’lon qilinishidan bir soat avval Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov rossiyalik jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Kim Rossiyaga borishini tasdiqlamagandi.

Bir qator nashrlarning yozishicha, ichida Shimoliy Koreya yetakchisi bo‘lgan poyezd allaqachon Rossiya tomon yo‘lga chiqqan. Ushbu ikki davlat umumiy chegaraga ega bo‘lib, KXDRdan Rossiyagacha poyezdda yetib borish mumkin.

Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreyaga borgan, u bilan uchrashuvda Kim Chen In ilk marta mamlakatda ishlab chiqarilgan harbiy dronlarni ko‘rsatgandi. Keyinchalik OAVda Kim Chen In Rossiyaga borib, Putin bilan qurol-yaroq yetkazib berish masalasini muhokama qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Moskvaga bormoqda. Kreml tasdiqladi