AQSH Ukrainadagi manfaatlariga zid harakat qilib, Rossiyaga dunyoda muqobil ittifoq tuzishga yordam bermoqda. Bu fikrni Niderlandiyaning "Demokratiya uchun forum" (FVD) partiyasi yetakchisi Terri Bode Serbiyaning “Novi Standart” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Amerika imperiyasi dunyoda Amerika hukmronligining qulashini tezlashtirmoqda va Ukrainadagi qurolli mojaro bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu mojaro AQSH manfaatlariga ham, Yevropa manfaatlariga ham va ukrainaliklar manfaatiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Axir u yerda kuniga minglab Ukraina fuqarolari nobud bo‘lmoqda. Vaziyat Rossiyaga dunyoda muqobil ittifoq tuzishga yordam bermoqda. Xullas, bu juda ahmoqlik”, — deydi Bode.
Uning tushuntirishicha, 1945 yildan keyin tuzilgan Amerika imperiyasi o‘zining asl maqsadidan chetlashib, barcha yo‘nalishlarini yo‘qotgan. Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, shu sabablar tufayli AQSH o‘ziga o‘zi qarshi ishlamoqda va Amerikaning dunyodagi hukmronligi qulashini tezlashtirmoqda.
Avvalroq Bode AQSH Ukrainani kam boyitilgan uran o‘q-dorilari bilan ta’minlash qarori orqali o‘zini yadroviy eskalatsiya yo‘liga qo‘yganini ta’kidlagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!