Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va sobiq bosh vazir Nikolay Azarovga nisbatan Rossiya Qora dengiz flotining Qrimda qolishi muddatini uzaytirishni nazarda tutuvchi 2010 yildagi Xarkov kelishuvlari bo‘yicha ayblov xulosasi sudga topshirildi. Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasining Telegram-kanalida xabar berildi.
Bayonotda aytilishicha, sobiq prezident Ukraina konstitutsiyasi va «Ukrainaning xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonuni talablarini buzgan holda, 2010 yil 21 aprelda Xarkov shahrida mamlakat nomidan shartnoma imzolagan.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni sobiq bosh vazir hukumat tomonidan Xarkov kelishuvlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruqni imzolagan.
Bosh prokuratura ayblanuvchining ismini aytmayapti. RBK-Ukraina agentligining qayd etishicha, gap Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va sobiq bosh vazir Nikolay Azarov haqida ketmoqda. Sudgacha tergov sirtdan o‘tkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!