Makron: “Niger xuntasi Fransiya elchixonasiga oziq-ovqat olib kirishga ruxsat bermayapti”
Foto: BBC
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiyaning Nigerdagi elchisi diplomatik missiya binosida virtual garovda yashayotgani va mamlakatda hokimiyatni egallab olgan harbiylar elchixonaga oziq-ovqat olib kirishga ruxsat bermayotganini aytdi, debyozmoqdaBBC.
Elchi Silven Itte va elchixona xodimlari “bevosita garovga olingan” vaarmiya ratsionini iste’mol qilishgamajbur bo‘lmoqda, dedi Makron jurnalistlarga.
26-iyul kuni prezident Muhammad Bazumni hokimiyatdan ag‘dargan Niger harbiy xuntasiFransiya elchisiga 48 soat ichida mamlakatni tark etishi kerakliginiaytdi. Ammo Parij xunta talablariga bo‘ysunishdan va yangi tuzumning qonuniyligini tan olishdan bosh tortdi.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, elchi“tashqariga chiqa olmaydi, u persona non grata deb e’lon qilinga va unga ovqat berilmayapti”.
Fransiya prezidenti bir necha haftadan beri Nigerdagi elchini chaqirib olishdan bosh tortmoqda. U xuntaning talablariniprovokatsiondeb hisoblaydi.
Jurnalistlarning elchi vataniga evakuatsiya qilinadimi, degan savoliga Makron prezidentBazum bilan kelishilgan choralar ko‘rilishini, chunki u mamlakatdagi yagona qonuniy hokimiyat egasi ekanini aytdi.
Nigerda harbiy to‘ntarish
Nigerda 26-iyul kuni harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Prezident gvardiyasi davlat rahbari Muhammad Bazumni hokimiyatdan chetlatdi. Ikki kundan so‘ng prezident gvardiyasi boshlig‘i general Abdurahmon Tchiani o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qildi.
G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati — ECOWASNigerga harbiylarni kiritishga tayyorligini e’lon qildi. Bunga javoban davlat to‘ntarishlari natijasida hokimiyatga kelgan harbiylar tomonidan boshqariladigan Mali va Burkina-Faso “Niger ishlariga har qanday harbiy aralashuv ularga qarshi urush eʼlon qilish bilan barobar bo‘lishini” bildirdi.
Niger Fransiyaning sobiq mustamlakasi. Hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylarFransiya bilan tuzilgan barcha kelishuvlar bekor qilinganinie’lon qildi va fransuz qo‘shinlaridan chiqib ketishni talab qildi.Mamlakatda 1,5 mingga yaqin fransiyalik askar bor.Emmanuel Makron Nigerga ECOWAS harbiy aralashuvini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini e’lon qildi.