23:06 / 16.09.2023
677

Qozog‘iston prezidenti xavotirli raqamlarni oshkor qildi

Qozog‘iston prezidenti xavotirli raqamlarni oshkor qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Markaziy Osiyo mamlakatlarida kuchli suv inqirozi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2050 yilga borib Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik yiliga YAIMning 1,3 foizi miqdorida zarar keltirishi mumkin.

15 sentyabr kuni To‘qayev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischilari – Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida nutq so‘zladi. Prezident Markaziy Osiyo xavfsizligiga global iqlim o‘zgarishlari, kelayotgan suvning kamayishi va sug‘orish suvining yetishmasligi davri tahdid solayotganini ta’kidladi.

«Xalqaro ekspertlarning fikricha, mintaqamizda havo harorati o‘rtacha jahon darajasidan ancha tez ko‘tarilmoqda. Bu Orol dengizi havzasidagi asosiy suv manbai bo‘lgan muzliklar maydonining qisqarishiga olib keladi. Oxirgi 50 yil ichida ularning hajmi 30 foizga kamaydi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilga borib Markaziy Osiyodagi qurg‘oqchilik yiliga yalpi ichki mahsulotning 1,3 foizi miqdorida zarar keltirishi mumkin, bu esa 5 millionga yaqin ichki iqlim muhojirlarining paydo bo‘lishiga olib keladi», — dedi To‘qayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ham suvdan samarasiz foydalanish va ekologik oqibatlarga e’tibor bermaslik sabab muammolarga duch kelmoqda.

Qozog‘istonda suvdan noratsional foydalanish tufayli antropogen yukning ortishi va turli ijtimoiy-ekologik muammolarning kuchayishi kutilmoqda. Bularning barchasi, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaviy xavfsizlik uchun jiddiy xavf tug‘diradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo