date
views 591

Germaniya TIV rahbari Si Szinpinni “diktator” deb atadi. Xitoy javob qaytardi

Germaniya TIV rahbari Si Szinpinni “diktator” deb atadi. Xitoy javob qaytardi

Foto: Reuters

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Xitoy raisi Si Szinpinni “diktator” deb atadi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi nemis vazirining so‘zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Xitoy TIV matbuot kotibi Mao Nin bu so‘zlarni “mutlaq bema’nilik”, “ochiq siyosiy provokatsiya” va “Xitoyning siyosiy obro‘siga jiddiy zarar yetkazuvchi” deb atadi. Pekin diplomatik kanallar orqali Berlinga norozilik bildirdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan Germaniya elchisini chaqirtirdi.

“Agar Putin bu urushda g‘alaba qozonsa, bu qanday belgi bo‘lar edi? Xitoy raisi Si kabi dunyoning boshqa diktatorlari uchun bu nimani anglatardi?” — degan edi Annalena Berbok Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Bungacha Berbok Xitoy “dunyoda birga yashash asoslariga” qarshi chiqayotganini aytgan. Shuningdek, Pekin tobora “savdo hamkori emas, balki tizimli raqibga” aylanib borayotganini bildirgan.

Bir necha hafta oldin AQSH prezidenti Jo Bayden ham Si Szinpinni diktator deb atagan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi uning so‘zlariga xuddi Berbokning bayonotiday javob bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya TIV rahbari Si Szinpinni “diktator” deb atadi. Xitoy javob qaytardi