date
views 924

Erdo‘g‘an: Rossiya oddiy davlat emas, uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi

Erdo‘g‘an: Rossiya oddiy davlat emas, uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Nyu-Yorkda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida G‘arb davlatlarining "don bitimi" masalasida Rossiyaga nisbatan munosabatini noto‘g‘ri deb atadi. Turkiya prezidenti fikriga ko‘ra, Rossiya oddiy davlat emas va uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi.

...Bu munosabatni to‘g‘ri deb o‘ylamayman, chunki Rossiya oddiy davlat emas. U hududi bo‘yicha ham mavqei bo‘yicha ham dunyoda o‘z o‘rniga ega. G‘alla yetishtirish bo‘yicha, amalda, Rossiya dunyo yetakchilaridan biridir. Bunday mamlakatni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi", - dedi Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Turkiya yetakchisi Anqara Moskva tomonidan taklif etilgan gaz xabi loyihasini ustuvor deb hisoblashini va Rossiya bilan aloqalarini davom ettirishini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

"Rossiya bilan munosabatlarimizni ijobiy tarzda davom ettiramiz. Chunki biz Frakiyaning gaz markaziga aylanishi masalasidan juda xavotirdamiz. Hozirda biz yetkazib berilayotgan tabiiy gazning deyarli yarmini Rossiyadan olmoqdamiz. Uni oshirish imkoniyati mavjud. Bu gaz xabi bizga shunday imkoniyat beradi”, - dedi Erdo‘g‘an jurnalistlarga.

Turkiya gaz xabi haqidagi xabarlar ilk bor o‘tgan yilning oktyabr oyida paydo bo‘lgan edi. "Shimoliy oqim" va "Shimoliy oqim 2" gaz quvurlari portlatilganidan so‘ng Vladimir Putin Rossiya shimolda yo‘qolgan tranzit imkoniyatini Qora dengiz mintaqasiga ko‘chirilishi mumkinligini aytgan edi.

Erdo‘g‘an bilan sentyabr oyi boshida Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya prezidenti Turkiyada gaz xabi yaratish bo‘yicha muzokaralar tez orada yakunlanishini kutayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda Rossiya gazi Turkiyaga va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlariga “Moviy oqim” va “Turk oqimi” gaz quvurlari orqali yetkaziladi. Birinchisining loyiha quvvati 16 milliard kub metr, ikkinchisi 31,5 milliard kub metrni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an: Rossiya oddiy davlat emas, uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi