Falastinni tan olish to‘g‘risidagi rezolyusiya Fransiyada ma’qullandi


2 dekabr, seshanba kuni Fransiya parlamenti a’zolari Falastin davlatini tan olish haqidagi ramziy rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, Bu hakda «Interfax» asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
339 deputat uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 151 nafari qarshi chiqdi, 16 nafari esa betaraf qoldi, yana 68 deputat ovoz berishda ishtirok etmadi.
«Biz faqat virtual davlatning tan olinishiga olib keluvchi ramziy rezolyutsiyani yoqlashni istamaymiz, biroq biz Falastin davlatini haqiqatan tan olish tarafdorimiz», — deya ovoz berish yakunlarini izohladi Fransiya hukumatining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat kotibi Arlem Dezir.
Avvalroq bunday ovoz berishlar Ispaniya, Buyuk Britaniya va Shveytsariyada ham bo‘lib o‘tgan edi.
Foto: rfi.fr































Izohlar 0
…