date
views 257

Isroil armiyasi G‘azo sektori chegarasidagi aksariyat aholi punktlari ustidan nazoratni tikladi

Isroil armiyasi G‘azo sektori chegarasidagi aksariyat aholi punktlari ustidan nazoratni tikladi

Foto: Reuters

Isroil armiyasi janubdagi G‘azo sektori bilan chegaradagi aksariyat aholi punktlari nazoratini tiklaganini maʼlum qildi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

Bungacha Isroil qurolli kuchlari mamlakat janubida joylashgan Reim harbiy bazasini o‘z nazoratiga qaytargan edi.

7 oktyabr kuni HAMAS Isroilga raketa hujumini uyushtirdi va «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi. Shundan so‘ng, G‘azo sektori bilan chegaradagi bir necha aholi punktlari jangarilar tomonidan qo‘lga kiritildi.

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir 7 oktyabr kuni mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi.

Isroil bosh vaziri Netanyahu mamlakat urush holatida ekanini eʼlon qildi. Isroil Mudofaa armiyasining HAMAS aʼzolariga qarshi operatsiyasi «Temir qilichlar» deb nomlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi G‘azo sektori chegarasidagi aksariyat aholi punktlari ustidan nazoratni tikladi