3 mart kunidan boshlab Qozog‘istonda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari beriladi. Yangi haydovchilik guvohnomalari uni birinchi marta olayotganlar bilan bir qatorda barcha xohlovchilarga berilishi mumkin. Bu guvohnomalarni olish uchun 2478 tanga davlat boji to‘lanadi.
“3 martdan boshlab mamlakat bo‘ylab yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari berila boshlanadi. Yangi haydovchilik guvohnomalari ularni birinchi marta olayotganlarga va barcha xohlovchilarga beriladi. Hech kim eski haydovchilik guvohnomalarini zudlik bilan yangisiga almashtirishni talab qilmayapti. Eski haydovchilik guvohnomalari ularning amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddati 10 yil. O‘z haydovchilik guvohnomangizning amal qilish muddatini bilishingiz foydali bo‘ladi, chunki agar siz haydovchilik guvohnomangizni uning amal qilish muddati tugagungacha, ya’ni vaqtida almashtirsangiz, unda siz yo‘l harakati qoidalaridan imtihon topshirishingizga hojat qolmaydi. Agar haydovchilik guvohnomangizning muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, uni yangisiga almashtirayotganingizda, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha imtihon topshirishingiz kerak bo‘ladi”, deb ma’lum qildi Qozog‘iston Respublikasi IIV Ma’muriy polisiya qo‘mitasi matbuot kotibi Irina Lukyanina o‘zining facebook’dagi sahifasida.
2014 yilning kuzidan kuchga kirgan Qozog‘iston Respublikasining «Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonuni bilan haydovchilik guvohnomalarida yangi kategoriyalar va ostkategoriyalar kiritilgan edi.
Yangi haydovchilik guvohnomalari asosiy A, V, S, D (motosikldan tortib avtobusgacha) kategoriyalaridan tashqari, BE, CE, DE (shu transport vositalari tirkama bilan) kategoriyalarga ega bo‘ladi.
Shuningdek, qo‘shimcha A1, B1, C1, D1, S1E va D1E ostkategoriyalar ham kiritilgan. A1 ostkategoriyaga skuter, mopedlar, V1 ostkategoriyaga kvadrasikl, trisikl va shunga o‘xshash transport vositalari, C1, D1 ostkategoriyalarga turli mini-yuk mashinalar, mikroavtobuslar, S1E va D1E ostkategoriyalarga xuddi shu ostkategoriyalardagi tirkamali transport vositalari tegishli bo‘ladi. Bu keltirilgan barcha harakatlanish vositalari tegishli boshqarish malakalariga ega bo‘lishni talab qiladi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar