00:30 / 16.10.2023
979

Eron Isroilni qattiq ogohlantirdi, HAMAS to‘liq yo‘q qilinadimi?

Eron Isroilni qattiq ogohlantirdi, HAMAS to‘liq yo‘q qilinadimi?

Rasmiy Tehron vositachilar orqali Isroilni G‘azo sektoriga hujumlar davom etishi oqibatlari haqida ogohlantirdi, deydi Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxon. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ogohlantirishga e’tibor berilmasa, «ertaga juda kech bo‘ladi».

«Biz sionist tuzumni ittifoqchilari orqali xabardor qildik, agar uning G‘azo sektoridagi jinoyatlari to‘xtamasa, ertaga kech bo‘ladi», — dedi u.

O‘z navbatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yangi favqulodda vaziyatlarda tuzilgan vazirlar mahkamasining birinchi yig‘ilishida XAMAS guruhini yo‘q qilishga va’da berdi.

«HAMAS bizni parchalanib ketadi deb o‘ylagandi. Biz HAMASni tag-tugi bilan yo‘q qilamiz», — deya Netanyaxu so‘zlarini keltiradi Isroil hukumati matbuot xizmati.

Bosh vazir, shuningdek, yig‘ilishda favqulodda vazirlar mahkamasi «bitta jamoa va birlashgan front sifatida kechayu-kunduz ishlayotganini» ta’kidladi.

Avvalroq, Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant «Biz urush olib borishning barcha qoidalarini bekor qildik. Askarlarimizda hech narsa uchun javobgarlik ham, keyinchalik harbiy sudlar ham bo‘lmaydi» deya bayonot bergandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo