10:18 / 23.10.2023
1 772

AQSH nima uchun Rossiyadan qo‘rqishi oshkor qilindi

AQSH nima uchun Rossiyadan qo‘rqishi oshkor qilindi

Vashington Moskva Yevropadagi foydali kuchlar muvozanatini buzishidan xavotirda. Bu haqda AQSH-Xitoy munosabatlari bo‘yicha Amerika milliy qo‘mitasi a’zosi Saymington Smit National Interest jurnaliga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Smitning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni “geosiyosiy o‘yindagi strategik manevr” deb biladi.
Amerikaliklar Yevropada yangi hukmron kuch paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda, deydi ekspert.

Rossiyaning Sharqiy Yevropadagi sezilarli ta’siri muvozanatni buzadi, bu esa Moskvaning Yevropa energiya koridorlari va savdo yo‘llari ustidan nazoratini kafolatlashi mumkin. Bu Vashington uchun xavotirli kelajak”, — deb hisoblaydi u.

Shuningdek, Smitning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning qo‘shilmaslik yoki ittifoqchi maqomi Rossiya uchun nafaqat strategik, balki tarixiy ahamiyatga ega.

Rossiya rahbariyati Napoleon va Gitlerning bosqinlarini esga olgani uchun o‘zining g‘arbiy chegaralarini himoya qilishga intilmoqda, deb hisoblaydi tahlilchi. Ekspertning aytishicha, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy bog‘liqlikni hisobga olish kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo