11:43 / 23.10.2023
1 204

Isroil Eronga jiddiy tahdid qildi

Isroil Eronga jiddiy tahdid qildi

Isroil Iqtisodiyot va sanoat vaziri Nir Barkat Daily Mail gazetasiga bergan intervyusida Livandagi «Hizbulloh» guruhi shimolda ikkinchi front ochishga harakat qilsa, mamlakat kuchlari Eronga zarba berishini aytdi.

Unga ko‘ra, Eron Isroilga barcha jabhalarda hujum qilishni rejalashtirgan.

«Agar ular Isroilga hujum qilish niyatida ekanliklarini aniqlasak, nafaqat bu jabhalarga zarba beramiz, balki  Eronning o‘ziga ham keskin chora ko‘ramiz», dedi Barkat.

Bundan oldin Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin-Isroil mojarosida «Hizbulloh»ning faollashishi Livanda halokatli oqibatlarga olib kelishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, G‘azoda vaziyat keskinlashgach, Eron-Isroil munosabatlari battar yomonlashib ketdi. Hatto Eron urushga qo‘shilishi haqida ma’lumotlar yangradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo