11:15 / 24.10.2023
1 423

Tramp Ukraina va Isroil mojarosi aybdori kimligini aytdi

Tramp Ukraina va Isroil mojarosi aybdori kimligini aytdi

Qo‘shma Shtatlar sobiq rahbari Donald Trampga ko‘ra, jahondagi mojarolar, jumladan Isroil va Ukraina voqealar amaldagi prezident Jo Baydenning «oqilona bo‘lmagan siyosati» oqibatidir.

AQSH prezidenti Jo Bayden o‘z mamlakatida ham «katta tartibsizlikka» yo‘l qo‘ydi, deydi Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp.

U O‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida hozirgi Amerika rahbari tashqi siyosat jabhasida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yganini ta’kidladi.

«Prezidentning yillar davomida aytgan hamma gaplari haqiqatga mos kelmaydi. Uning siyosiy instinktlari dahshatli – Afg‘onistondagi dahshatli falokat, Ukraina, butunlay ochiq janubiy chegaramiz yoki Isroil urushi bo‘lsin, Tramp ma’muriyati davrida hech qachon sodir bo‘lmaydi», — deb yozgan Tramp.

Avvalroq Tramp Ukraina mojarosini bir sutkada hal qilishini iddao qilib chiqqandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo