20:34 / 29.10.2023
916

Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida urush boshlanishi mumkin

Foto: AP Photo

Livanning yuqori martabali rasmiysi anonim tarzda Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida keng ko‘lamli urush bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Hukumat sifatida biz ‘Hizbulloh’ga Livan urushdan omon qolmasligini aytamiz. Ular esa: ‘Tushunamiz, lekin HAMASning qulashiga yo‘l qo‘ya olmaymiz’ deb javob beradi”, — deydi rasmiy.

Amaldorning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari “Hizbulloh”ni Isroildagi urushga aralashmaslikka chaqirmoqda.

Bizning javobimiz shuki, AQSH Isroilga G‘azoga keng ko‘lamli quruqlik bosqinni amalga oshirmasligi uchun bosim o‘tkazishi kerak”, — dedi livanlik mulozim.

“Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh 7 oktyabrdan buyon sukut saqlamoqda. Parda ortida boshqa partiyalarning Livan rasmiylari tomonidan Isroil bilan jangga kirishmaslik uchun “Hizbulloh”ga bosim kuchaygan.

2006 yilda “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasidagi urush paytida “Hizbulloh”ni keng jamoatchilik qo‘llab-quvvatlagandi.

 “Hozir vaqti emas”, — deya qo‘shimcha qildi Livan rasmiysi. 

2006 yildagi 34 kunlik urushdan so‘ng, Fors ko‘rfazi davlatlaridan qayta qurish uchun Livanga pul tushgan. Rasmiyga ko‘ra, “hozir boy arab davlatlari pul berishni to‘xtatgan”.

2006 yildan beri Isroil, agar “Hizbulloh” urushga kirishsa, javob halokatli bo‘lishini iddao qilib keladi. Isroil Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Tzaxi Xanegbi 14-oktyabr kuni ogohlantirishni takrorlab, “Hizbulloh” harakatining kuchayishi Livanni “halokatga” olib kelishini aytgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo