date
views 842

Ukraina rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin

Ukraina rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin

Foto: Shutterstock

Qishda Ukraina rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidentiga yaqin manbalarga tayanib, Time xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, hukumat vaziri va yuqori martabali generallardan biri ishdan olinadi. Ular “frontdagi sekin taraqqiyot”, ya’ni yetarli darajada muvaffaqiyatli bo‘lmagan qarshi hujum uchun javobgar bo‘ladi. Jurnalistlar bu odamlarning ismini keltirmagan.

Time shuningdek, Zelenskiy AQSHga safaridan keyin “g‘azablangani” va bu G‘arb urushdan charchaganini ko‘rsatganini yozadi. Ukraina prezidenti, bir manbaga ko‘ra, ittifoqchilari tomonidan unga xiyonat qilishganini his qiladi.

Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya boshlagan urushni davom ettirish niyatida va sulh masalasi uning jamoasida tabu hisoblanadi”, — deb yozadi Time.

Prezidentning yakuniy g‘alabaga ishonishi uning ba’zi maslahatchilarini xavotirga solmoqda. Zelenskiy ofisi Rossiya harbiy zarbalari tufayli qishda elektr ta’minotidagi uzilishlar ukrainaliklarning mamlakat hukumatidan noroziligiga sabab bo‘lishidan xavotirda.

Time suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, agar o‘tgan qishda ukrainaliklar buning uchun Rossiya qo‘shinlarini ayblagan bo‘lsa, endi ular “tayyorgarlik uchun yetarlicha ish qilmagan” hukumatga qarshi da’vo qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin