16:01 / 04.11.2023
192

Ramzan Qodirovning tanqidchisi Germaniyadan boshpana oldi

Ramzan Qodirovning tanqidchisi Germaniyadan boshpana oldi

Foto: Privat

Germaniya Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning tanqidchisi va chechenistonlik muxolifatchi bloger Tumso Abdurahmonovning ukasi Muhammad Abdurahmonovga siyosiy boshpana berdi. Bu haqda Muhammadning o‘zi ma’lum qildi.

Germaniyada Muhammad Abdurahmonovga suiqasd uyushtirilgan edi. 2023 yil avgust oyi oxirida Myunxendagi sud Valid Dadaqoyev ismli shaxsni suiqasdda aybdor deb topib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sudga raislik qilgan sudya Kristof Visnerning aytishicha, qotillik Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning “xabardorligi, roziligi va manfaatlari”dan kelib chiqqan holda tayyorlangan.

Muhammad Abdurahmonovning Germaniyadan boshpana so‘rashi

Muhammad Abdurahmonov ham akasi Tumso singari 2015 yilda Checheniston hududini tark etishga majbur bo‘lgan. U bir necha yil Germaniyadan boshpana olish uchun kurashdi. Talab ikki marta rad etilgan.

2021 yildagina Migratsiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora (BAMF) sud qarori bilan Muhammad Abdurahmonov va uning oilasining boshpana so‘rab bergan takroriy arizasini qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Ammo unga suiqasd uyushtirish rejalari aniqlanib, jinoiy ish ochilganidan so‘ng, qaror hukm e’lon qilinmaguncha qoldirildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo