date
views 242

Erdo‘g‘an endi Netanyahu bilan muloqot qilmasligini aytdi

Erdo‘g‘an endi Netanyahu bilan muloqot qilmasligini aytdi
Foto: Adem ALTAN / AFP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an endi Isroil hukumati rahbari Binyamin Netanyahu bilan muloqot qilishdan bosh tortishini aytdi.

«Biz Netanyahu bilan endi gaplasha olmaymiz. Biz uni unutdik», deb Erdo‘g‘an so‘zlaridan iqtibos keltiradi Al-Arabiya telekanali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil urushni to‘xtatmasa va «harbiy jinoyatlar va inson huquqlari buzilishi» uchun javobgarlikka tortilmasa, Turkiya dunyo global tizimiga ishonmaydi.

Erdo‘g‘an avvalroq Isroilni G‘azoga qarshi davom etayotgan hujumlarni to‘xtatishga va «aqldan ozish holatidan chiqishga» chaqirgan edi.

Bu so‘zlarga qaramay, Turkiya Isroil bilan munosabatlarni butunlay uzmoqchi emas.

4 noyabr kuni Turkiya G‘azo sektoridagi gumanitar holat fonida Isroildagi elchisi Shokir O‘zkon To‘runlarni «masalahatlashuv» uchun chaqirib oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an endi Netanyahu bilan muloqot qilmasligini aytdi