AQSH yopiq eshiklar ortidan Isroil rahbariyatini G‘azo sektoridagi operatsiyani tezlashtirishga chaqirmoqda, chunki uning kechikishi Jo Baydenning prezidentlik saylovlari oldidagi pozitsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Rossiya tashqi razvedka xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, Amerika maʼmuriyati o‘n ming falastinlik halok bo‘lishidan xavotirda ekan, gumanitar pauza va artilleriyadan nishonga olish hududlarini cheklashga chaqirmoqda.
“Ammo haqiqat shundaki, amerikaliklar yopiq eshiklar ortida Isroil rahbariyati bilan mutlaqo boshqacha suhbatlar o‘tkazmoqda. Operatsiyani cho‘zib yubormaslik uchun isroilliklarni operatsiyani tezlashtirishga undashmoqda, chunki bu Jo Baydenning saylov oldi pozitsiyasiga salbiy ta’sir qiladi”, — deyiladi Rossiya razvedkasi hisobotida.
Shuningdek, razvedka HAMASning yo‘q qilinishi ko‘p sonli tinch aholi qurbonlariga olib kelishi mumkinligi, ammo AQSH buni maqbul deb hisoblashi, chunki asosiy vazifa harbiy amaliyotlarni imkon qadar tezroq yakunlash ekanini ta’kidladi.
“O‘zining ikkiyuzlamachi pozitsiyasini ilgari surish uchun Bayden jamoasi Angliya va Germaniya rahbarlaridan yordam oldi. Ular birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi tashabbuslarga to‘sqinlik qilmoqchi”, — deya ta’kidladi Rossiya tashqi razvedka xizmati.“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi