11:19 / 14.11.2023
190

Shveytsariyadagi italyan tilida so‘zlashiladigan Tichino qanday joy?

Shveytsariyadagi italyan tilida so‘zlashiladigan Tichino qanday joy?

Tichino Shveysariyaning tarixiy va go‘zal kantonlaridan biri. Tichinoda Yevropadagi eng xavfli dovonlardan biri joylashgan. Yana mamlakatdagi eng kichik qishloq ham shu yerda. O‘rta asrlarga oid yodgorliklari va o‘ziga xos tabiati sabab Tichinoni ko‘rishga qiziqish doim katta bo‘lib kelgan.

Bu kanton 1803 yildan beri Shveytsariyaning bir qismi hisoblanadi. Noyobligi kantondagi rasmiy til italyan tili ekani bilan bog‘liq. Tichino hududida italyan madaniyati merosi namunalari bor, bu esa asrlar davomida mintaqada yashagan xalqlar o‘rtasida urushlar va to‘qnashuvlar bo‘lib turishiga sabab bo‘lgan.

Kanton — ba’zi mamlakatlarda mahalliy hukumat va hududning rasmiy atalish nomi hisoblanadi. Masalan, Shveytsariya 26 ta kantonga bo‘lingan. Ularning hammasida ham bitta tilda gaplashilmaydi. Kantonlarda rasmiy til ham bir-biridan farq qilishi mumkin.

Tichino ham xuddi shunday 26 ta kantondan biri bo‘lib, rasmiy tili italyan, bu yerda 400 mingga yaqin odam yashaydi. Bundan tashqari, Tichino eng janubda joylashgan kanton, u Alp tog‘lari hududida, Italiya va Shveytsariya hududidagi chegara bo‘lib xizmat qiladi. Italiya chegarasiga yaqinligi sababli tarixda bu 2 mamlakat o‘rtasida to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan.

1100–1500 yillarda Tichino Milan gersoglariga tegishli bo‘lgan. Bu vaqtda Milan bir qismini Shveytsariyaga boy beradi. Keyingi asrlarda esa Shveytsariya federatsiyasi bosqichma-bosqich Tichinoni egallaydi. Tarixan bu hudud Shveytsariya o‘z tarixida zabt yetgan so‘nggi yer bo‘lib qoldi.

Bellinzona shahri Tichino kantonining markazi hisoblanadi. Shahar o‘rta asrga tegishli bo‘lgan qal’alari va tarixiy 2000 yildan beri o‘ziga xosligi sabab YuNeSKO merosi obekti sanaladi. Ularning orasida eng mashhuri Bellinzona qal’alari seriyasi hisoblanadi.

Tichinoda tabiatan ham, madaniy jihatdan ham borib ko‘rishga arziydigan diqqatga sazovor joylar yetarlicha. Bu yerda Yevropadagi eng xavfli yo‘llardan biri hisoblangan Gottard dovoni joylashgan. Gottard dovoni — shimoliy va janubiy Shveytsariyani bir-biri bilan bog‘laydigan Alp tog‘ida joylashgan dovon hisoblanadi.

Tichino kantonida Shveytsariyadagi eng kichik qishloq ham joylashgan. Korippo deb ataluvchi qishloqda 12 kishi yashaydi. Qishloq o‘zining go‘zal tabiati va tosh uylari bilan mashhur. O‘rta asr arxitekturasi yodgorliklarini saqlab qolgan qishloq turistlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo