Shveytsariya muzliklari rekord darajada tez erimoqda

Dunyo1 daqiqa o'qish164
Shveytsariya muzliklari rekord darajada tez erimoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yevropada kuzatilayotgan kuchli issiqlik to‘lqini Shveysariyadagi muzliklarning odatdagidan ancha erta va jadal sur’atda erishiga sabab bo‘lmoqda.
  • Reuters agentligi xabariga ko‘ra, 29 iyun kuni Shveysariya janubidagi Rona muzligi qishki qor qatlami to‘liq erib, ko‘p yillik muz qatlamlari eriy boshlaydigan bosqichga yetdi.

Yevropada kuzatilayotgan kuchli issiqlik to‘lqini Shveytsariyadagi muzliklarning odatdagidan ancha erta va jadal sur’atda erishiga sabab bo‘lmoqda. Olimlar bu holat Alp tog‘laridagi muzliklar yana bir yil katta hajmda qisqarishi mumkinligidan darak berayotganini ta’kidlamoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Mutaxassislar ma’lum qilishicha, joriy yilning 29 iyun kuni Shveytsariya janubida joylashgan Rona muzligi «Muzliklarni yo‘qotish kuni» deb ataluvchi bosqichga yetdi. Bu davr qish mavsumida to‘plangan qor qatlami to‘liq erib, endilikda muzlikning ko‘p yillik muz qatlamlari eriy boshlaydigan jarayonni anglatadi.

Shveytsariya muzliklarini kuzatish xizmati rahbari Mattias Xussning so‘zlariga ko‘ra, bu sana kuzatuvlar tarixidagi ikkinchi eng erta holat sifatida qayd etildi. Eng erta ko‘rsatkich esa 2022 yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda mazkur jarayon hozirgidan uch kun avval boshlangan edi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, qish oylarida qor yog‘ishi kam bo‘lgani va yoz boshlanishi bilan ketma-ket kuzatilgan kuchli issiqlik to‘lqinlari muzliklarning tez sur’atlarda erishiga olib kelgan.

«Bu juda xavotirli holat. Yozning yarmiga ham yetmay turib muzliklar katta hajmda yo‘qolishni boshladi», — dedi Mattias Xuss.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, iyun oyida kuzatilgan issiq kunlar davomida Shveytsariya muzliklaridan erigan suv hajmi ikki hafta mobaynida har olti soniyada bitta Olimpiya standartidagi suzish havzasini to‘ldirishga yetarli bo‘lgan.

Shuningdek, Rona muzligidagi kuzatuv nuqtalaridan birida atigi ikki haftalik jazirama natijasida qariyb 1,5 metr qalinlikdagi muz qatlami erib ketgani aniqlangan.

Bu o‘zgarishlarni uzoq yillardan beri ushbu hududga tashrif buyurib kelayotgan sayyohlar ham yaqqol sezmoqda. So‘nggi 50 yil davomida Rona muzligiga muntazam kelib turadigan germaniyalik sayyoh Garri Blok muzlikning ko‘z o‘ngida keskin qisqarib borayotgani uni qattiq iztirobga solayotganini aytdi.

«Men yig‘layapman. Bir vaqtlar ulkan bo‘lgan muzlik ko‘z oldimizda yo‘qolib bormoqda. Bu iqlim o‘zgarishining eng yaqqol dalilidir», — dedi u.

Olimlar ta’kidlashicha, agar yuqori haroratlar saqlanib qolsa, Shveytsariya muzliklari joriy yil ham katta miqdorda muz massasini yo‘qotishi mumkin. Bu esa Yevropa tabiati va suv zaxiralari uchun jiddiy xavotir uyg‘otayotgan omillardan biri sifatida baholanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?