11:44 / 16.11.2023
358

Bayden Xitoy yetakchisini diktator deya hisoblashni davom ettirishini ma’lum qildi

Bayden Xitoy yetakchisini diktator deya hisoblashni davom ettirishini ma’lum qildi

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Jo Bayden Xitoy raisi Si Szinpinni oldingidek diktator deya hisoblashini ma’lum qildi. Bunday bayonotni u Xitoy yetakchisi bilan San-Fransiskoda o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvdan keyin bildirdi.

Menga qaranglar, axir rostdan ham diktatorku. U hukumati biznikidan mutlaq farq qiladigan kommunistik davlatni boshqarayotgan shaxs sifatida diktator. Buni rad etish yoki bu borada bahslashish imkonsiz”, — deydi Bayden.

Shuningdek, AQSH prezidenti Xitoy yetakchisini Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga aralashishdan “ogohlantirganini” qo‘shimcha qildi. Jo Bayden bundan oldin ham Si Szinpinning boshqaruv usuli “diktatorlarga xosligi” haqida bir necha bor aytgan edi.

Xitoy tomoni Qo‘shma Shtatlar prezidentining bayonotiga hozircha hech qanday izoh bermadi.

AQSH prezidenti va Xitoy yetakchisining ikki tomonlama muzokaralari salkam 2 soat davom etdi. Muzokaralar davomida Si Szinpin Xitoy va AQSH o‘rtasidagi ehtimoliy mojaro ulkan oqibatlarni yuzaga keltirishi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Pekin va Vashington to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy qarama-qarshilikdan qochish uchun hamma narsani qilishlari kerak. Shuningdek, Xitoy yetakchisi Xitoy—Amerika munosabatlarini “yorqin kelajak” kutayotganini bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo