date

30 yil ichidagi eng dahshatli "Nida" to‘foni Gonkongga yopirildi


"Nida" to‘foni bugun tunda Xitoy janubidagi Guandun qishlog‘iga etib kelgan. Natijada rahbariyat barcha tijorat reyslarini hamda maktab mashg‘ulotlarini to‘xtatishga majbur bo‘lgan, deb xabar beradi mail.ru.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra to‘fon soat 3.35 (Toshkent vaqti bilan 00.35)da qirg‘oq bo‘yidagi Shenchjen shahriga yopirilgan. Shamolning eng kuchli tezligi to‘fon markazida 14 ballga (sekundiga 42 metr) etgan. Mahalliy rahbariyat "Nida" to‘foni 1983 yildan beri Chjuszyan (Marvarid) daryosi deltasidagi eng vahshatli to‘fon ekanligini ta’kidlamoqda.

To‘fon o‘zi bilan birga yog‘in va kuchli shamol olib kelgan. Shenchjenda 200ga yaqin aviareyslar bekor qilindi.

Guanchjou viloyatining boshqaruv markazida dushanba kunidanoq ogohlantiruvchi qizil chiroq yoqilib, soat 16.00 gacha (Toshkent vaqti bilan 13.00) hamma aviareyslar to‘xtatib bo‘lingan. Temiryo‘l ham butunlay harakatdan to‘xtagan.

Guandunda hamma zavodlar va barcha o‘quv yurtlari yopilgan. Dushanba kuni rahbariyat tomonidan Gonkong-Chjuxay-Makao ko‘prigi qurilishida ishlayotgan 2000 ga yaqin ishchi evakuasiya qilingan. Yakshanba kuni 2200 kishi dengiz neft platformasidan xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Guanchjouga qatnovchi paromlar ham butunlay to‘xtatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 30 yil ichidagi eng dahshatli "Nida" to‘foni Gonkongga yopirildi