date
views 525

Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta Leorard 1A5 tankini yo‘qotdi

Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta Leorard 1A5 tankini yo‘qotdi

Foto: Videodan kadr

Ukrainadagi janglarda rus qo‘shinlari birinchi marta Leorard 1A5 tankini yo‘q qilishdi. Bu haqda Forbes jurnalisti Devid Aks 28 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga tayanib xabar berdi.

Videoda Germaniyada ishlab chiqarilgan tanklardan biri «Ukrainaning qorli sharqida» Rossiya tomonidan o‘qqa tutilgani tasvirlangan. U ehtimol Ukraina Qurolli kuchlarining 44-mexanizatsiyalashgan brigadasiga tegishli bo‘lishi mumkin.

40 tonnalik tank Rossiyaning droni tomonidan topildi va artilleriya uchun qulay nishonga aylandi, deb yozdi Forbes. Bunda tank dastlab mina portlashi oqibatida shikastlangan bo‘lishi mumkin. Lavhada tank ekipaji ko‘rinmaydi, ammo minoraning ochiq lyuklariga ko‘ra, harbiylar tankdan tushishga muvaffaq bo‘lishgan.

Forbes nashrining ta’kidlashicha, Leorard 1A5 eng kam himoyalangan tank hisoblanadi.

«Brigada oxir-oqibat tanklarni yo‘qotishi muqarrar edi. Ammo birinchi Leorard 1A5 tezda ishdan chiqdi: jangga kirishganidan bir necha hafta o‘tgach», deb yozdi Aks.

Shu yilning sentyabr oyida Buyuk Britaniyaning Shallenger 2 tanki ham birinchi marta rus qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilingan edi. The Guardian nashri G‘arb razvedka idoralari ma’lumotlariga tayanib, tank avvaliga minaga tushib qolgani va uning orqa yonilg‘i baki yonib ketgani, ekipaj tankni tark etgani, keyin esa Rossiya droni tankka zarba bergani haqida yozgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta Leorard 1A5 tankini yo‘qotdi