12:12 / 06.12.2023
369

Kim Chen In onalar kongressida yig‘lab yubordi (video)

Kim Chen In onalar kongressida yig‘lab yubordi (video)

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In onalar qurultoyidagi nutqi davomida mamlakatda tug‘ilish ko‘rsatkichi haqida gap ketganda yig‘lay boshladi.

U mamlakatda tug‘ilish darajasini oshirish ayollarning mas’uliyati ekanligini e’lon qilar ekan, yig‘lay boshladi, deb yozadi ITV.

«Tug‘ilishning kamayishini to‘xtatish, bolalarga yaxshi g‘amxo‘rlik va ta’lim-tarbiya berish bizning oilaviy muammolarimizdir, uni onalarimiz bilan birgalikda hal qilishimiz kerak», degan u o‘zining kirish so‘zida.

Shimoliy Koreyaning demografik tendensiyalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish cheklangan statistika tufayli juda qiyin bo‘lsada, Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 10 yil ichida doimiy ravishda pasayib borayotganini qayd etadi.

O‘zining buzilgan, qattiq sanksiyalangan iqtisodiyotini saqlab qolish uchun safarbar qilingan ishchi kuchiga bog‘liq bo‘lgan mamlakat uchun bu tashvishli voqea.

Kimning ayollarni ko‘proq farzand ko‘rishga so‘nggi chaqiruvi yakshanba kuni mamlakatda 11 yil ichida birinchi marta bo‘lib o‘tgan Milliy onalar yig‘ilishida yangragan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo