23:20 / 11.12.2023
129

Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham prezidentlik saylovlari o‘tkazadi

Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham prezidentlik saylovlari o‘tkazadi

Foto: “Moskva”

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) prezidentlik saylovlarida ovoz berishni harbiy holat joriy qilingan “yangi hududlarda” o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Rossiya hukumati Ukrainaning qisman bosib olingan hududlarini “yangi hududlar” deb atamoqda. Rossiyada prezidentlik saylovlari mart oyining o‘rtalarida 15–17 mart kunlari (uch kun) bo‘lib o‘tadi. O‘tgan hafta amaldagi prezidenti Vladimir Putin saylovda ishtirok etishini ma’lum qildi.

MSK Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarida ovoz berish bo‘yicha Rossiya Mudofaa vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati va “yangi hududlar rasmiylari” bilan maslahatlashuvlar o‘tkazganini da’vo qilmoqda. U yerda o‘tgan oktyabr oyida Moskva tomonidan harbiy holat e’lon qilingan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo