08:00 / 12.12.2023
349

Medvedev Rossiya Konstitutsiyasiga ba’zi o‘zgarishlar kiritilishini e’lon qildi

Medvedev Rossiya Konstitutsiyasiga ba’zi o‘zgarishlar kiritilishini e’lon qildi

Foto: TASS

Umuman olganda, Rossiyaga hozir yangi konstitutsiya kerak emas, lekin unga kichik o‘zgarishlar kiritiladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, konstitutsiya «konservativ hujjat» va unga o‘zgartirishlar «iloji boricha ehtiyotkorlik bilan» kiritilishi kerak.

Shu bilan birga, u «konstitutsiyaga aniq maqsadli o‘zgartirishlar kiritilishini» aytdi. Lekin nimani nazarda tutganini tushuntirmadi.

«[Rossiya konstitutsiyasi] albatta o‘zgartiriladi, lekin menimcha, konstitutsiyani yangilashni muhokama qilishdan ma’no yo‘qdek», dedi Medvedev.

Rossiya Konstitutsiyasi 1993 yilda qabul qilingan. Unga to‘rt marta – 2006, 2014 (ikki marta) va 2020 yilda o‘zgartirishlar kiritildi.

Rossiya Konstitutsiyasiga eng katta o‘zgartirishlar 2020 yil yozida amalga oshirildi. Ushbu tuzatishlar Vladimir Putinning prezidentlik muddati sonini «qayta tiklash» imkonini berdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo