15:13 / 16.12.2023
189

Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li yana bir lavozimga tayinlandi

Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li yana bir lavozimga tayinlandi

Foto: Instagram

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li Adam Baysangur Benoyevskiy batalonining kuratori etib tayinlandi. Uning yangi lavozimi haqida Checheniston milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Axmed Dudayev Telegram'da ma’lum qildi.

Dudayev Qodirovni o‘g‘lining lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.

“Adam Ramzanovich bolaligidanoq haqiqiy jangchi xarakterini ko‘rsatgan, biroq vaqt o‘tishi bilan u o‘zini iqtidorli tashkilotchi sifatida namoyon etmoqda”, — deya Dudayev kichik Qodirov yangi maqomida o‘ziga yuklangan vazifani uddasidan chiqishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq Adam Qodirov Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi Shayx Mansur bataloniga kurator etib tayinlangandi. 

Oktyabr oyining boshida Adam Qodirov Checheniston Qahramoni unvonini oldi, keyinchalik u Tataristonning ikkinchi eng muhim mukofoti bo‘lgan “Duslik” ordeni bilan taqdirlandi. 16 yoshli o‘smir, shuningdek, Qorachoy-Cherkes respublikasining eng oliy ordeni — “Qorachoy-Cherkes Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan, bundan tashqari “Islom diniga xizmatlari uchun” 1-darajali ordeni bilan taqdirlandi.

5 noyabr kuni Adam Qodirov otasining xavfsizlik xizmatida “muhim” va “mas’uliyatli” lavozimni egalladi. Ramzan Qodirovning o‘zi 2003 yildan otasi Axmat Qodirovning xavfsizlik xizmatini boshqarishga kirishgandi, 2004 yilda Grozniydagi teraktda katta Qodirov halok bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo