Foto: Sebastian Christoph Gollnow/dpa
Ukraina QK Havo kuchlari Rossiyaning Su-34 qiruvchisi Mariupol yo‘nalishida zenit-raketa majmuasi tomonidan urib tushirilganini bildirdi. Bu haqda 24 dekabr, yakshanba kuni UQK HK qo‘mondoni general-leytenant Nikolay Oleshchuk ma’lum qildi.
«Odessa yo‘nalishida Qora dengizda Rossiyaning Su-30 samolyoti bo‘yicha jangovar ishlar olib borildi – nishonga urildimi yoki yo‘qmi, aniq bilish uchun obyektiv nazorat materiallarini o‘rganyapmiz», — deyiladi xabarda.
UQK Rossiyaning uchta Su-34 samolyoti urib tushirilgani haqida xabar berdi
22 dekabr, juma kuni Oleshchuk bir kunda Rossiyaning uchta Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti urib tushirilgani haqida xabar berdi. General-leytenantning ta’kidlashicha, bu voqea o‘sha kuni tushga yaqin janubiy yo‘nalishda sodir bo‘lgan.
Shu kuni Rossiyaning Fighterbomber Telegram-kanali Patriot zenit-raketa kompleksi yordamida kamida bitta samolyot urib tushirilganini tasdiqlab, qulash chog‘ida omon qolgan uchuvchilarni qutqarish operatsiyasi suratlarini e’lon qildi. Ularning haqiqiyligi hali mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring