17:56 / 29.12.2023
252

Gerasimov Marinkada qahramonlik qilgan harbiylarga davlat mukofotlarini topshirdi

Gerasimov Marinkada qahramonlik qilgan harbiylarga davlat mukofotlarini topshirdi
Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov Donetsk Xalq Respublikasida Marinka shahrini ozod qilishda qahramonlik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga maxsus harbiy operatsiya hududida davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Telegram-kanalida xabar berildi.
 
Men 150-diviziya va 5-motoo‘qchilar brigadasi shaxsiy tarkibini topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarganliklari va Marinka shahrini halol mashaqqatlar bilan qo‘lga olganliklari uchun mukofotlar bilan taqdirlamoqchiman. Barchangizni ushbu mukofotlar bilan tabriklayman, kelgusida harbiy muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik, va sog‘-salomat uyga qaytishni tilayman", – dedi u.
Gerasimov “Yujnaya” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining qahramonlik ko‘rsatgan jangchilariga "Mujestvo" ordeni, “Za otvagu” va “Za xrabrost” medallari, IV darajali Avliyo Georgiy xochi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
 
Vazirlikda qayd etilishicha, mukofotlar Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Vladimir Putinning ko‘rsatmalariga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri front chizig‘ida topshirildi.
 
25 dekabr kuni Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putinga Donetsk yaqinida joylashgan Marinka to‘liq qo‘lga olingani haqida hisobot berdi. Putinning qayd etishicha, bu dushman bo‘linmalarini Donetskdan uzoqlashtirishga imkon beradi. Unga ko‘ra, rossiyalik harbiylar kengroq operativ makonga chiqish imkoniga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo